Taklifnoma

Taklifnomangizni o‘zingiz yarating

To‘y, fotiha, yubiley yoki tug‘ilgan kun uchun jonli raqamli taklifnoma — bir necha daqiqada. Havolasini mehmonlarga yuborasiz, javoblarni shu yerda kuzatasiz.

Bu haqiqiy taklifnoma — bosib, ochib ko‘ring.

Uch qadamda tayyor

  1. Dizaynni tanlang

    Namunani ochib ko‘ring, yoqqanida «Shu dizaynda yaratish»ni bosing.

  2. Ismlar va sanani yozing

    Manzil, kun tartibi, musiqa — yonida telefondagi ko‘rinishi darhol yangilanadi.

  3. Havolani yuboring

    Har mehmonga o‘z havolasi. Kim ochgani, kim kelishi va necha kishi — kabinetda.

Dizaynlar

Har birining o‘z ochilishi, o‘z ranglari va bezaklari. Barcha grafika qo‘lda chizilgan, yangilari muntazam qo‘shiladi.

Har bir mehmonga — o‘z havolasi

Ro‘yxatni bir marta joylaysiz. Har kimning taklifnomasi «Hurmatli Aziza opa» deb ochiladi, Telegram yoki WhatsApp’ga bir bosishda yuboriladi. Kim ochgani, kim kelishi va necha kishi ekani kabinetda ko‘rinadi, ro‘yxatni Excel’ga yuklab olasiz.

Taklifnoma yaratish

Taklifnomada nimalar bor

Ochilish lahzasi
Har dizaynning o‘z ochilishi: muhr sinadi, non ushatiladi, kaptarlar uchadi. Musiqa shu bosishdan boshlanadi.
Teskari sanoq va taqvim
Toshkent vaqti bo‘yicha kun, soat, daqiqa. Bir bosishda telefon taqvimiga qo‘shiladi.
Xarita va manzil
Google Maps va Yandex Xaritalar tugmalari, manzilni nusxalash.
Javob formasi
«Kelaman / kela olmayman», necha kishi va tilaklar. Natijalar faqat sizga ko‘rinadi.
Lotin va kirill
Bir marta yozasiz — mehmon o‘zi qulay yozuvni tanlaydi.
Telegram’da chiroyli
Havola ulashilganda dizayn, ismlar va sana tushirilgan rasm chiqadi.

Yaratish bepul

Taklifnoma yaratish, tahrirlash va mehmonlarga yuborish — bepul. E’lon qilingan sahifada kichik «Namuna» belgisi turadi; uni olib tashlash narxi tez orada e’lon qilinadi.

Boshlash